Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/795
Xitoyda 100% grant asosida malaka oshirish: 442 nafar nomzod orasidan eng kuchli 10 nafari tanlab olindi
21 сентябр 2026
Xalqaro transmilliy ta’lim uyushmasi (ITEA) beg‘araz grant dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Chengdu shahrida tashkil etiladigan “Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar” malaka oshirish dasturi uchun saralash jarayoni yakunlandi.
Nomzodlar uchun uch bosqichli saralash jarayoni tashkil etildi. Dastlab nomzodlarning kasbiy faoliyati, keyingi bosqichda ularning motivatsion xatlari o‘rganildi. Yakuniy bosqichda esa eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar sun’iy intellekt tomonidan suhbatdan o‘tkazildi.
Natijada ishtirokchilar orasidan eng yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar taʼlim sifati mutaxassisi saralab olindi.