info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

REKTOR VA TADQIQOTCHILAR UCHRASHUVI

Institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida institut rektori B.Xusanovning doktorantlar va tadqiqotchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

23 сентябр 2026 Yangiliklar 55 marta ko‘rilgan

Institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida institut rektori B.Xusanovning doktorantlar va tadqiqotchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Qodirxonov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i J.Yuldashev, kafedra mudirlari, shuningdek, doktorantlar (DSc), tayanch doktorantlar (PhD) va stajyor-tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish, dissertatsiya ishlarini olib borish, ilmiy maqolalarni xalqaro ilmiy bazalarda nashr etish, Scopus va Web of Science bazalaridagi nashr faolligini oshirish, xorijiy olimlar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, patent va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ilmiy-metodik qo‘llanmalarni nashr etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida doktorant va tadqiqotchilar tomonidan ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, ilmiy nashrlarni qo‘llab-quvvatlash, seminar va treninglar tashkil etish, xorijiy hamkorlar bilan ilmiy aloqalarni kengaytirish hamda tadqiqotchilar uchun zarur amaliy ko‘makni kuchaytirish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.

Bildirilgan takliflar asosida aniq chora-tadbirlar va amalga oshirish mexanizmlarini belgilash bo‘yicha ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Manbaa: https://t.me/Namdpi_Ilmiy/1388

Maqolani ulashing
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing