Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/797
TADQIQOTCHILARNING ILMIY FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
23 сентябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati va dissertatsiya ishlarining bajarilish holati yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Rektor bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Qodirxonov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i J.Yuldashev ishtirokida doktorant va tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati yuzasidan navbatdagi hisobot yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilishda doktorant (DSc), tayanch doktorant (PhD) va stajyor-tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlarini tayyorlash va bajarilish holati, ilmiy-tadqiqot faoliyatining borishi, belgilangan rejalar ijrosi hamda dissertatsiya ishlarini o‘z vaqtida yakunlash va himoyaga tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tadqiqotchilarning monitoring jarayonlarida belgilangan muddatlarda ishtirok etishi, ilmiy faoliyatiga oid hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etishi, dissertatsiya tadqiqotining har bir bosqichini tizimli ravishda olib borishi hamda belgilangan muddatlarda ilmiy ishlarini yakunlab, himoyaga chiqishlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida har bir tadqiqotchining ilmiy ishlaridagi mavjud holat va muammolar ko‘rib chiqilib, ilmiy-tadqiqot jarayonini tizimli monitoring qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tadqiqotchilarning o‘z vaqtida ilmiy daraja olishlari uchun zarur tashkiliy-amaliy choralarni ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli tashkil etish, tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash va dissertatsiya ishlarining o‘z vaqtida himoya qilinishini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.