Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/803
G‘afur G‘ulom va Oybek hayoti va ijodi mavzusida ochiq dars o‘tkazildi
26 сентябр 2026
Mashg‘ulot davomida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari G‘afur G‘ulom va Oybekning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, boy adabiy merosi hamda milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan munosib hissasi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Adiblarning she’riy va nasriy asarlari tahlil qilinib, ularning ijodida insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va xalq hayotining badiiy ifodasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar asosida olib borildi. Savol-javob, tahlil, munozara hamda badiiy matnlar bilan ishlash jarayonlarida talabalar faol ishtirok etib, adiblar ijodi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mavzuni yanada kengroq yoritish maqsadida taqdimotlar, jadvallar va turli ko‘rgazmali vositalardan ham samarali foydalanildi.
Ayniqsa, G‘afur G‘ulom va Oybek asarlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari yuzasidan tashkil etilgan munozaralar talabalarning mustaqil fikrlashi, badiiy asarlarni tahlil qilishi hamda adabiy jarayonlarga o‘z munosabatini bildirish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur ochiq dars talabalarning o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandalari ijodiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, adabiy-estetik tafakkurini rivojlantirish hamda milliy adabiy merosimizga hurmat ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.