Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/828
Ustozga ehtirom — qalbdan qalbga
01 октябр 2026
Ustozga ehtirom — qalbdan qalbga
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida boshlangan bayramona kayfiyat turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan davom etmoqda.
Institutning Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish yo‘nalishi 2-bosqich talabalari fan o‘qituvchilari N. Habibjonova va M. Abdusalamov bilan birgalikda aziz ustozlarga bag‘ishlangan bayram viktorinasini tashkil etdilar.
“Ustoz — qalblarga nur, hayotga yo‘l beruvchi buyuk inson” g‘oyasi ostida o‘tkazilgan viktorina qiziqarli savol-javoblar, turli shartlar va ko‘ngilochar o‘yinlarga boy tarzda tashkil etildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘z bilim va zukkoliklarini namoyon etish bilan birga, ustozlariga bo‘lgan hurmat va minnatdorliklarini ham samimiy tarzda ifoda etdilar.
Bayramona ruh, samimiy tilaklar va ko‘tarinki kayfiyat uyg‘unlashgan viktorina ustoz hamda shogirdlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
Aziz ustoz va murabbiylar, kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!