Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/830
Ustoz mehnatiga ehtirom — munosib e’tirof
01 октябр 2026
Ustoz mehnatiga ehtirom — munosib e’tirof
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Unda ta’lim tizimidagi samarali va fidokorona mehnati, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lidagi xizmatlari hamda institut rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi bilan ajralib turgan bir qator professor-o‘qituvchilar e’tirof etildi.
Xususan, jamoaning munosib vakillariga “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “Institut iftixori” kabi e’tiroflar tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan turli sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarda yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib hamda sovrindorlar ham munosib taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimi ustozlarning zahmatli mehnatiga bildirilgan yuksak hurmat va e’tirofning yana bir ifodasi bo‘ldi. Har bir e’tirof ortida ko‘p yillik mehnat, kasbga sadoqat, izlanish va yosh avlod kamoli yo‘lidagi fidoyilik mujassam.
Ustozga ko‘rsatilgan ehtirom — ilmga, ma’rifatga va kelajakka ko‘rsatilgan ehtiromdir.