info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov boshchiligidagi institut rahbariyati Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Satarov Aleksandr Xashimovichning hol-ahvolidan xabar oldi.

01 октябр 2026 Yangiliklar 5 marta ko‘rilgan

Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov boshchiligidagi institut rahbariyati Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Satarov Aleksandr Xashimovichning hol-ahvolidan xabar oldi.

Samimiy muloqot davomida ustozning ko‘p yillik samarali pedagogik faoliyati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi fidokorona mehnati hamda institut rivojiga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.

Shu munosabat bilan Aleksandr Xashimovich Satarovga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda “Institut iftixori” e’tirof nishoni institut rektori Bahodir Xusanov tomonidan shaxsan topshirildi.

Ushbu tashrif ustozga bo‘lgan hurmat, ko‘p yillik mehnatga munosib e’tirof hamda institut jamoasidagi ustoz-shogird an’analariga sadoqatning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing