info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Munosabat

YOSHLAR KELAJAGI — BIZNING YUKSAK MAS’ULIYATIMIZ

Alisher ISOQBOYEV Namangan davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektoriYOSHLAR KELAJAGI — BIZNING YUKSAK MAS’ULIYATIMIZ

02 октябр 2026 Munosabat 11 marta ko‘rilgan

Alisher ISOQBOYEV Namangan davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori

YOSHLAR KELAJAGI — BIZNING YUKSAK MAS’ULIYATIMIZ

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvida ta’lim-tarbiya, yoshlar kamoloti, pedagog nufuzi va oliy ta’lim sifatini oshirishga doir muhim vazifalar belgilab berildi.
Davlatimiz rahbarining: “O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma’rifat quyoshi!” —degan so‘zlari ustozning nafaqat ta’lim beruvchi, balki yosh avlodning qalbi va dunyoqarashini shakllantiruvchi buyuk tarbiyachi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Ayniqsa, bugungi raqamli davrda yoshlar tarbiyasi va ma’naviy kamoloti masalasi yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. Sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar rivojlanayotgan bir paytda Prezidentimizning “Hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topib, unga Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini singdira olmaydi” degan fikrlari biz, ta’lim va yoshlar bilan ishlayotgan mutasaddilar uchun muhim hayotiy mezondir.

Shu ma’noda, oliy ta’lim muassasasida yoshlar bilan ishlashni faqat tadbirlar bilan cheklab qo‘ymasdan, har bir talabaning qiziqishi, iste’dodi, tashabbusi va kelajakdagi maqsadini qo‘llab-quvvatlashga qaratishimiz zarur.
Yoshlarni Vatanga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan, bilimga intiladigan, zamonaviy kasblarni egallashga tayyor va jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan shaxslar etib tarbiyalash — oldimizdagi eng muhim vazifalardan biridir.

Prezidentimiz tomonidan oliy ta’lim sifati, ta’lim mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash, dual ta’lim va ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha bildirilgan tashabbuslar bizdan ham yangicha fikrlash va aniq natijaga yo‘naltirilgan faoliyatni talab etadi.

Men birinchi prorektor sifatida bildirilayotgan yuksak ishonchni chuqur his qilgan holda, institutimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish va har bir talabaning kelajagi uchun mas’uliyat bilan ishlashni o‘z oldimga muhim vazifa qilib belgilayman.

Buning uchun yoshlar fikrini muntazam o‘rganish, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, ilm-fan, kitobxonlik, sport, san’at va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytiramiz.

Biz bundan buyon ham so‘z bilan emas, amaliy ish va aniq natijalar bilan ishonchni oqlashga, yoshlarimiz uchun munosib ta’lim va tarbiya muhitini yaratishga bor kuchimizni safarbar etamiz.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing