Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/845
Oliy ta’lim — taraqqiyot va ilm-fan tayanchi
02 октябр 2026
Payzibayeva Muazzam Yakubovna Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi dotsenti
Oliy ta’lim — taraqqiyot va ilm-fan tayanchi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuvida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga tayyorlashga qaratilgan fikrlari ta’lim sohasi vakili sifatida menda katta taassurot qoldirdi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 30-sentabr kuni oliy ta’limdagi islohotlar haqida so‘z yuritar ekan, universitetlarda ta’lim sifati, darsliklar mazmuni va mutaxassislar tayyorlashni bugungi talablar asosida takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, oliygohlarda ta’lim dasturlarini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliy masalalarga yo‘naltirish vazifalari belgilanishini aytib o‘tdi. Ayniqsa, Prezidentimizning “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar” tizimini yagona rivojlanish zanjiri sifatida ko‘rishi biz pedagog va olimlardan yanada katta mas’uliyatni talab etadi. 2026-yil aprel oyidagi taqdimotda ilm-fanni iqtisodiyot bilan bog‘lash, ta’lim va tadqiqot integratsiyasini chuqurlashtirish, raqamli ta’lim va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish kabi yo‘nalishlar alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Men pedagog sifatida ushbu vazifalarni oliy ta’limning bugungi kundagi eng muhim mezonlari — sifatli ta’lim, zamonaviy bilim, ilmiy izlanish, amaliy natija va raqobatbardosh kadr tayyorlash bilan bevosita bog‘liq, deb hisoblayman. Biz ustozlar uchun endilikda faqat bilim berishning o‘zi yetarli emasligi, talabani mustaqil fikrlashga, izlanishga, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga, ilmiy tadqiqot olib borishga va olgan bilimini amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirish muhim ekanligini anglamog‘imiz kerak. Albatta, Oliy ta’limdagi bunday yangilanishlar Uchinchi Renessans uchun bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va ilmiy salohiyatga ega avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu jarayonda har bir professor-o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, yangilikka intilishi va ta’lim sifatiga mas’uliyat bilan yondashishi muhimdir. Ta’lim sifati—taraqqiyot mezoni, ilm-fan esa kelajak poydevoridir!