info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
4+2 amaliyoti

Nazariyadan amaliyotga — ishonchli qadam!

Tarix yo'nalishi 4-kurs talabalarining “4+2 ” tizimi asosida amaliyot rahbari dotsent N. Valiyeva tomonidan belgilangan amaliyot faoliyati o'rganildi.

03 октябр 2026 4+2 amaliyoti 6 marta ko‘rilgan


Amaliyotning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasasida egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash, kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ish jarayoni bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyat uchun zarur tajribani egallashdan iborat bo‘ldi. Amaliyotning dastlabki kunlarida amaliyot joyining faoliyati, ichki tartib-qoidalari, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablari bilan tanishdim. Shuningdek, amaliyot rahbari tomonidan berilgan vazifalar, ularni bajarish tartibi va ish jarayoniga qo‘yiladigan talablar o‘rganildi. Amaliyot jarayonida mutaxassislik bo‘yicha olgan nazariy bilimlarimni amaliy faoliyat bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Ish jarayonida mas’uliyat bilan yondashish, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va jamoa a’zolari bilan hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirildi
Shuningdek, amaliyot davomida muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, tegishli yechimlarni izlash va amaliy topshiriqlarni bajarishda mustaqil fikrlash qobiliyatlari tahlil qilindi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing