Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/856
IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILADI
03 октябр 2026
Yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Nabijonov, bo‘lim xodimlari, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi hamda boshqa zarur shart-sharoitlarni monitoring qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ullarga ijara xonadonlarida yashovchi talabalar ro‘yxatini shakllantirish, xonadonlardagi sharoitlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish jarayonida ularning murojaat va takliflariga ham alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha ishlar tashkil etiladi.