info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

“BIR HAFTADA BIR KITOB” — ZAKOVAT INTELLEKTUAL O‘YINI

Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Bir haftada bir kitob” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

08 октябр 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 13 marta ko‘rilgan

Yoshlar kuni doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Bir haftada bir kitob” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.


 

Mazkur intellektual bellashuvda talaba-yoshlardan tuzilgan 35 ta jamoa faol ishtirok etdi.


 

Tadbirni tashkil etishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Nabijonov, Filologiya kafedrasi mudiri R. Tillayev hamda Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘lim tyutorilari O. Madaminova hamda M.Umarovalar ishtirok etdi.


 

Bellashuv davomida ishtirokchilarning kitobxonlik darajasi, mantiqiy fikrlashi, tezkorligi va bilimini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan qiziqarli savollar berildi. Jamoalar o‘zaro bilim va zukkolik borasida bellashib, faol ishtirok etdilar.


 

“Bir haftada bir kitob” loyihasi doirasidagi bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Maqolani ulashing
ODINA YUSIFJANOVA
Maqola muallifi

ODINA YUSIFJANOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing