Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/907
YAPON TAJRIBASI ASOSIDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILMOQDA
08 октябр 2026
Ayni damda Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Birinchi prorektori A. Isoqboyev hamda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A. Abdunazarov boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan Chortoq tumanidagi 17-son maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yapon tajribasi” asosida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
➡️Mashg‘ulotlarda Yaponiya maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan samarali pedagogik yondashuvlar asosida bolalarning mustaqil fikrlashi, kuzatuvchanligi, ijodkorligi, muloqot qobiliyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
➡️Amaliy jarayonlarda bolalarning yosh xususiyatlari va qiziqishlari inobatga olinib, ularni faol ishtirok etishga undaydigan turli interfaol va ijodiy mashg‘ulotlardan foydalanilmoqda. Mazkur yondashuv orqali bolalarda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga qiziqish uyg‘otish, erkin fikrlash va o‘z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
➡️Shuningdek, tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari bilan tajriba almashish, zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotda qo‘llash va ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashilmoqda.
➡️Mazkur tashabbus ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish hamda yosh avlodning har tomonlama rivojlanishi uchun zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.