Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/947
Ayollar forumi: IT-Queens — zamonaviy bilim va innovatsiyalar sari!
12 октябр 2026
Ayollarning bilim va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda yangi g‘oyalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish — kelajak taraqqiyotining muhim omilidir.
IT-Queens — bilimli, faol va innovatsion fikrlaydigan qizlar safini kengaytirish sari!
Ayollar forumida IT sohasida xotin-qizlarning imkoniyatlari, raqamli savodxonlikni oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda qizlarning IT yo‘nalishidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Namangan davlat pedagogika instituti nomidan institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G. Dexkonova hamda institut talabalari forumda faol ishtirok etdilar. Ularning ishtiroki xotin-qizlarning ta’lim, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi faolligini oshirish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi kasbiy maqsadlariga erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
IT-Queens — bu nafaqat texnologiyalar olami, balki yangi imkoniyatlar, katta maqsadlar va dadil qadamlar sari yo‘ldir!
Aziz qizlar, o‘z bilim va salohiyatingizga ishoning, yangi g‘oyalar yaratishdan va zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishdan to‘xtamang. Siz ham kelajakni o‘zgartiradigan innovatsiyalar muallifi bo‘lishingiz mumkin!
Bilimli ayol — taraqqiyot bunyodkori, innovatsion qizlar esa kelajak yaratuvchilaridir!