info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Yig'ilishlar

“VAZIYATLAR MARKAZI” FAOLIYATIGA OID TOPSHIRIQLAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida 2026-yil 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabr kuni Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan “Vaziyatlar markazi” faoliyati bilan tanishish jarayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini muhokama qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

12 октябр 2026 Yig'ilishlar 12 marta ko‘rilgan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida 2026-yil 12-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabr kuni Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan “Vaziyatlar markazi” faoliyati bilan tanishish jarayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini muhokama qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi rahbari B.Yo‘ldoshev hamda bo‘lim tyutorlari videokonferensiya aloqa platformasi — Zoom orqali masofaviy tarzda ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida belgilangan topshiriqlar ijrosining borishi, mas’ul xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tegishli yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda bildirilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida hamda sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari/4612?single

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing