Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/955
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTDAGI VAKANT LAVOZIMLAR UCHUN TANLOV E’LON QILINADI
10 октябр 2026
| № | Vakant lavozim nomi | Shtat birligi | Lavozim okladi (so‘mda) | Talab etiladigan minimal ta’lim darajasi | Ish tajribasi | Ish vaqti | Qo‘shimcha imtiyoz |
| O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA | |||||||
| 1. | Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi uslubchisi | 2.0 | 2 046 800 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI | |||||||
| 2. | Psixolog | 1.0 | 3 106 240 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| AXBOROT-RESURS MARKAZI | |||||||
| 3. | Elektron kutubxonalar kutubxonachisi | 1.0 | 1 725 840 | O’rta-maxsus | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| KAFEDRALAR | |||||||
| 4. | Kabinet mudiri | 3.0 | 1 725 840 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
| REGISTRATOR OFIS | |||||||
| 5. | Xizmat ko‘rsatish bo‘limi Ilmiy va innovatsion faoliyat sektori menedjer | 1.0 | 7 217 258 | oliy | 1-3 yil | 08:30-16:30 | Bor |
NOMZODLAR QUYIDAGI HUJJATLARNI SHAXSAN TAQDIM ETISHLARI LOZIM:
1. Tanlov ishtirok etish bo‘yicha namuna asosida rektor nomiga ariza;
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID karta) asli va nusxasi;
3. Ob’yektiv-ma’lumotnoma (eng oxirgi ma’lumotlar bilan);
4. Elektron hamda qog‘oz shakldagi mehnat daftarcha (nusxasi);
5. Ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar (diplom) nusxasi.
HUJJATLARNI TAQDIM ETISH VA KO’RIB CHIQISH TARTIBI:
1. Nomzodlar shaxsiy hujjatlarini Namangan davlat pedagogika instituti Xodimlar bo‘limiga shaxsan taqdim etadi.
2. Hujjatlar 2026-yil 10-oktyabrdan-09-noyabrga qadar har kuni soat 9:00 dan 16:00 ga qadar qabul qilinadi (09-noyabr kuni soat 10-00ga qadar).
3. Hujjat taqdim etgan nomzodlar bilan institutda ishga qabul qilish bo‘yicha Komissiya tomonidan bir bosqich asosida suhbat o‘tkaziladi. Suhbat natijasiga ko‘ra nomzodlar lavozimga tavsiya etiladi.
4. Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish kuni va joyi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
5. Nomzodlarga suhbat jarayonida beriladigan savollarning namunaviy ro‘yxati “Namspi.uz” saytida e’lon qilingan.
ESLATMA:
- Hujjat taqdim etgan barcha nomzodlar shaxsan suhbatga kelishlari shart.
- Xodimlar bo‘limiga belgilangan muddatda hujjat taqdim etmaganlar tanlovda ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan nomzodlar institutning Xodimlar bo‘limiga (tel: 93-427-13-04)ga murojaat qilishi va qo‘shimcha ma’lumotlar olishi mumkin.