info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

TEATR SABOQLARI: USMON NOSIR HAYOTI VA IJODI

Namangan davlat pedagogika instituti talabalari bugun Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurib, o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, erk va haqiqat kuychisi Usmon Nosir hayotiga bag‘ishlangan spektaklni tomosha qildilar.

13 октябр 2026 Yangiliklar 11 marta ko‘rilgan

TEATR SABOQLARI: USMON NOSIR HAYOTI VA IJODI

Namangan davlat pedagogika instituti talabalari bugun Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurib, o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, erk va haqiqat kuychisi Usmon Nosir hayotiga bag‘ishlangan spektaklni tomosha qildilar.

Sahna asari orqali talabalar shoirning murakkab hayot yo‘li, betakror iste’dodi va adabiyotimiz tarixida qoldirgan o‘chmas izlari bilan yaqindan tanishdilar. Spektakl yoshlarni milliy adabiyotimizga yanada chuqurroq nazar tashlashga, ijod va ma’naviyatning inson hayotidagi o‘rnini anglashga undadi.

Bunday madaniy tashriflar talabalarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, estetik tafakkurini rivojlantirish hamda milliy adabiy merosimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Zero, ayrim siymolar sahnada gavdalanadi, ayrim ovozlar esa avlodlar qalbida abadiy jaranglaydi!
 

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing