info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

TEATR — MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MASKANI!

Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tyutorlari L.Nuraliyeva va M. Umarova boshchiligida bir guruh talabalar Namangan viloyati Alisher Navoiy nomidagi musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.

14 октябр 2026 Yangiliklar 17 marta ko‘rilgan

Tashrif davomida talabalar o‘zbek adabiyotining betakror namoyandasi, iste’dodli shoir Usmon Nosir xotirasiga bag‘ishlangan spektaklni tomosha qildilar. Shoirning hayoti, ijodiy merosi va murakkab taqdiri aks etgan sahna asari talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengayt
irish, milliy adabiyot va teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, yosh avlod qalbida milliy madaniyatimiz va adabiy merosimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat.

Teatr — insonni fikrlashga undaydigan, qalbini boyitadigan va ezgu qadriyatlarga chorlaydigan ma’naviyat maskanidir.

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari/4679?single

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing