Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/968
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH — SOG‘LOM KELAJAK UCHUN!
14 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalarni kengaytirish maqsadida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Institut profilaktika inspektori S. Ahmadjonov hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari hamkorligida Pedagogika, Aniq va tabiiy fanlar hamda Ijtimoiy fanlar fakultetlari talabalari ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor profilaktik oyligi doirasida uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Uchrashuvlar davomida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning inson salomatligi, ruhiy holati va kelajagiga salbiy ta’siri, shuningdek, ularning noqonuniy muomalasi uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalarga turli zararli illatlardan yiroq bo‘lish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqiy savodxonlikni oshirish va hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday profilaktik tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularning farovon kelajagini ta’minlashga xizmat qiladi.
Sog‘lom hayot — ongli tanlov! Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashaylik!