Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/969
TALABA HOLIDAN XABAR OLISH — E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKNING AMALIY IFODASI
14 октябр 2026
TALABA HOLIDAN XABAR OLISH — E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKNING AMALIY IFODASI
Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Isoqboyev boshchiligida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Nabijonov, bo'lim bosh mutaxassisi Sh.Yigitaliyev, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari O. Ergashev hamda tyutorlar O. Madaminova, U. Erkinboyev va S.Alixonovlar tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, turar joydagi mavjud imkoniyatlar va kundalik hayoti bilan yaqindan tanishildi. Talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlariga e’tibor qaratildi.
Talabalarning turar joyda belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi, xonalarni ozoda saqlashi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi hamda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashi yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tashrif doirasida talabalar turar joyi kengashi raislari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat davomida turar joydagi mavjud sharoitlar, talabalarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning murojaatlari bilan ishlash hamda turar joyda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi va tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, kengash raislarining talabalar bilan ishlashdagi mas’uliyati va faolligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Bunday tashriflar talabalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ta’lim olishlari va yashashlari uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.