info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

GIYOHVANDLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

15 октябр 2026 Yangiliklar 18 marta ko‘rilgan


GIYOHVANDLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISHGA QARATILGAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

 Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida biriktirilgan profilaktika inspektori S.Ahmadjonov tomonidan talabalarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda jamiyatga salbiy ta’siri, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, noqonuniy xatti-harakatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik turlari, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va turli salbiy ta’sirlardan himoyalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga profilaktika inspektori tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Yoshlar sog‘lom turmush tarziga amal qilish, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga chaqirildi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing