info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

YOSHLAR KUNI DOIRASIDA PSIXOLOGIK-PROFILAKTIK SUHBAT VA TRENING TASHKIL ETILDI

Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari hamkorligida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari ishtirokida psixologik-profilaktik suhbat va amaliy trening tashkil etildi.

15 октябр 2026 Yangiliklar 4 marta ko‘rilgan

Tadbirda institut psixologi N.Tojiboyeva hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Dehqonova ishtirok etib, talabalarning ma’naviy-ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash, muammoli vaziyatlarning oldini olish va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Suhbat davomida talabalarga odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘zaro hurmat va muomala madaniyatini mustahkamlash, talaba-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda turli muammolar yuzasidan mas’ul xodimlarga murojaat qilish tartibi tushuntirildi. Shuningdek, zarur vaziyatlarda foydalanish mumkin bo‘lgan ishonch telefonlari va Telegram botlari haqida ma’lumotlar berildi.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalarning diqqatini jamlash, sezgirligini oshirish, harakatlarini muvofiqlashtirish va jamoada hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli psixologik mashqlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning psixologik farovonligini mustahkamlash, muammolarga befarq bo‘lmaslik va institutda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni qaror toptirishga xizmat qildi.

Yoshlar e’tiborda — sog‘lom muhit va ishonchli kelajak sari!

 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing