Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/977
USMON NOSIR XIYOBONIGA MA’RIFIY TASHRIF
15 октябр 2026
Tashrif davomida talabalar o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalaridan biri, iste’dodli shoir Usmon Nosirning hayoti, ijodi va boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Shoirning milliy adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi, she’riyatida aks etgan Vatanga muhabbat, erk, insoniylik va ezgulikka intilish g‘oyalari haqida fikr almashildi.
Xiyobonga tashrif talabalarga ijodkorning hayot yo‘li va adabiy merosini chuqurroq anglash, uning asarlaridagi ma’naviy saboqlarni his etish hamda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish imkonini berdi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, tarixiy-madaniy maskanlarga hurmatni kuchaytirish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Mazkur ma’rifiy tashrif talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni milliy adabiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash hamda buyuk ijodkorlar xotirasini e’zozlashga xizmat qildi.
Usmon Nosir she’riyati — qalblarda yashaydigan erk, jasorat va ma’rifat sadosi!