Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/982
Bilim sifati raqobatni belgilaydi
15 октябр 2026
Bilim sifati raqobatni belgilaydi
Namangan haqiqati gazetasining 2026 yil 15 oktabrdagi sonida Turgʻunoy Joʻrayeva va Gulasal Abdurahmanovalarning " Bilim sifati raqobatni belgilaydi " nomli maqolasi chop etildi .
Maqola Oʻzbekistondagi oliy taʼlim tizimida erishilgan natijalar, taʼlim sifatini oshirish, kadrlar raqobatbardoshligi va OTMlarning mustaqilligi hambuki masʼuliyati haqida fikr yuritadi. Unda oliy taʼlim samarasini faqat talabalar soni bilan emas, balki ularning mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa olishi bilan oʻlchash zarurligi taʼkidlanadi.
Shuningdek , OTM faoliyatida kuzatuv kengashlari rolini oshirish, hususiy sektor va xorijiy universitetlar vakillarini jalb etish zarurligi , belgilangan vazifalar qogʻozda qolmasdan, aniq natija va samarali mexanizmlar bilan taʼminlanishi shartligi , berilgan mustaqillik — bu nafaqat imkoniyat, balki yuksak masʼuliyat ekanligi , rektorlar va professor-oʻqituvchilar taʼlim sifati, ilmiy izlanishlar va mutaxassis tayyorlashdagi natijalar uchun masʼuliyatni chuqur his etishlari zarurligi alohida ta'kidlab o'tildi .