Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/987
TALABALAR YASHASH SHAROITI O‘RGANILDI
15 октябр 2026
TALABALAR YASHASH SHAROITI O‘RGANILDI
Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tyutori B.Usmonov tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoiti o‘rganildi.
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonning sanitariya-gigiyena holati hamda xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilib, ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibi, uning ahamiyati va tomonlarning huquq hamda majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bunday o‘rganishlar talabalarning ijara xonadonlarida xavfsiz va qulay sharoitda yashashini ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.