info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

TIL BAYRAMI: SAVODXON DAVLAT — SAVODLI JAMIYAT

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika institutining faol talabalari ishtirokida Til bayrami munosabati bilan “Savodxon davlat — savodli jamiyat” mavzusida diktant tashkil etildi.

15 октябр 2026 Yangiliklar 23 marta ko‘rilgan

    Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika institutining faol talabalari ishtirokida Til bayrami munosabati bilan “Savodxon davlat — savodli jamiyat” mavzusida diktant tashkil etildi.

   Diktantdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning yozma savodxonligini oshirish, imlo qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash, davlat tiliga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish hamda ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada keng targ‘ib etishdan iborat. 

   Jarayon davomida talabalarning so‘zlarni to‘g‘ri yozish, tinish belgilaridan o‘rinli foydalanish va o‘z fikrlarini savodli ifodalash ko‘nikmalariga e’tibor qaratildi. 

   Zero, ona tiliga hurmat va savodxonlikka intilish milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy kamolotga erishish hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishning muhim mezonlaridan biridir.

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari/4814

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing