Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/993
ILM-FAN VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI — YOSHLAR KAMOLOTI YO‘LIDA
15 октябр 2026
ILM-FAN VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI — YOSHLAR KAMOLOTI YO‘LIDA
Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti talabalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limi rahbari M. Appakov hamda pedagog olimlar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari M.Quronov bilan ilmiy-ma’rifiy suhbat o‘tkazdilar.
Muloqot davomida ilm-fan rivoji, ma’naviy-ma’rifiy tadqiqotlarning ahamiyati, yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonida ilmiy izlanishlarning o‘rni xususida fikr almashildi.
Shuningdek, talabalarning ilmiy faoliyatga qiziqishini kuchaytirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Samimiy va mazmunli muloqot talabalarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, mutaxassislar fikridan bahramand bo‘lish hamda kelgusidagi ilmiy izlanishlari uchun yangi g‘oyalar olish imkonini berdi.