info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

YOSHLAR KUNI: BIR DASTURXON ATROFIDA — SAMIMIY MULOQOT

Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari O.Madaminova, U.Erkinboyev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Dexkqonova hamda psixolog M.Tojiboyeva tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida o‘zbekona qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan osh tayyorlash tadbiri tashkil etildi.

15 октябр 2026 Yangiliklar 13 marta ko‘rilgan

YOSHLAR KUNI: BIR DASTURXON ATROFIDA — SAMIMIY MULOQOT

 Yoshlar kuni doirasida Namangan davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlari O.Madaminova, U.Erkinboyev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Dexkqonova hamda psixolog M.Tojiboyeva tashabbusi bilan talaba-yoshlar ishtirokida o‘zbekona qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan osh tayyorlash tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Isoqboyev hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Nabijonov ishtirok etib, talabalar bilan bir dasturxon atrofida samimiy suhbat qurdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, talabalar turar joyidagi sharoitlar, ularning qiziqish va tashabbuslari hamda kelajakdagi maqsadlari haqida fikr almashildi. Rahbarlar talabalarning fikr va takliflarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash, tashabbuskor va faol bo‘lishga intilish muhimligini ta’kidladilar.

Bir dasturxon atrofida jam bo‘lish orqali milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday samimiy uchrashuvlar talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan yaqin muloqot o‘rnatish hamda talabalar turar joyida ahil va do‘stona muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
 

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing