info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

NamDPI akademik litseyida birinchi bosqich talabalari bilan samimiy muloqot

Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi mudiri Rayxona Tillayeva hamda kafedra katta o‘qituvchisi Shoxista Ermatova akademik litseyga tashriflari davomida birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdilar.

15 октябр 2026 Yangiliklar 16 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Filologiya kafedrasi mudiri Rayxona Tillayeva hamda kafedra katta o‘qituvchisi Shoxista Ermatova akademik litseyga tashriflari davomida birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdilar.

Uchrashuv davomida talabalarning ta’lim jarayoniga moslashuvi, bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, kelgusidagi maqsad va rejalari xususida fikr almashildi. Shuningdek, ta’lim jarayonida muvaffaqiyatga erishish, mustaqil izlanish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda tanlangan soha bo‘yicha puxta bilim egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Muloqot jarayonida yoshlarning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy shakllanishiga ko‘maklashish hamda ta’lim olishga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan o‘zaro fikr almashish, ularning intilishlarini rag‘batlantirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga yo‘nalish berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing