info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Milliy reyting

Institutimizda kasbiy rivojlanish treningi muvaffaqiyatli tashkil etildi!

Bugun institutimiz professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga samarali integratsiya qilishga bag‘ishlangan “O’quv mashg’ulotlarida faollashtiruvchi usullar” mavzusida navbatdagi kasbiy rivojlanish treningi bo‘lib o‘tdi.

30 апрел 2026 Milliy reyting 18 marta ko‘rilgan

Bugun institutimiz professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga samarali integratsiya qilishga bag‘ishlangan “O’quv mashg’ulotlarida faollashtiruvchi usullar” mavzusida navbatdagi kasbiy rivojlanish treningi bo‘lib o‘tdi.




 

Trening davomida ishtirokchilar:
🔹 interaktiv o‘qitish usullari
🔹 dars sifatini oshirishga qaratilgan o'yinlar
🔹 talabalarning faolligini oshirish strategiyalari

bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.

Trening o’z-o’zini rivojlantirish tamoyili asosida amalga oshirilib, unda Xorijiy tillar kafedrasining o‘qituvchilari Mo‘minjonova Shahlo hamda Nosirova Shahlo trener sifatida qatnashdi. Ishtirokchi sifatida esa institutning barcha kafedralaridan vakillar taklif qilindi.
Mashg‘ulotlar ochiq muloqot, tajriba almashish va real pedagogik vaziyatlar asosida tashkil etilib, ishtirokchilarda yangi g‘oyalar va yondashuvlar shakllanishiga xizmat qildi.

Bunday treninglar ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#KasbiyRivojlanish #Ta'limSifati #Pedagogika #Innovatsiya #OliyTa'lim


 

❮ ❯

Maqolani ulashing
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing