info@namspi.uz +998 69 211-10-97
Qabul Yangiliklar

Namangan davlat pedagogika institutida ikкinchi mutaxassislik uchun qabul davom etmoqda!

Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirish jarayonlari davom etmoqda.

29 июл 2026 Qabul 8 marta ko‘rilgan
Namangan davlat pedagogika institutida ikкinchi mutaxassislik uchun qabul davom etmoqda! 29 июл

Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirish jarayonlari davom etmoqda.

Talabgorlar hujjatlarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali — my.edu.uz orqali onlayn topshirishlari lozim.

❗️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirish joriy yilning 10-avgust kuniga qadar davom etadi.

▪️Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida talabgorlar:
➖ pasport va JSHSHIR ma’lumotlarini kiritadi;
➖ diplom hamda uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖ o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi, ta’lim shakli va yo‘nalishini tanlaydi.

 

📚 Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar:
🔸Maktabgacha ta’lim;
🔸 Boshlang‘ich ta’lim;
🔸Kimyo;
🔸 Geografiya;
🔸Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
🔸 Jismoniy madaniyat;
🔸Maxsus pedagogika: logopediya;
🔸 Matematika;
🔸Amaliy matematika;
🔸 Fizika;
🔸O‘zbek tili va adabiyoti;
🔸 Ona tili va adabiyoti: rus tili;
🔸Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
🔸 Biologiya;
🔸Psixologiya;
🔸 Tarix;
🔸Ijtimoiy ish;
🔸 Turizm va mehmondo‘stlik.



 

🌙 Kechki ta’lim shakli bo‘yicha yo‘nalishlar:
🔸Maktabgacha ta’lim;
🔸 Boshlang‘ich ta’lim;
🔸O‘zbek tili va adabiyoti;
🔸 Ona tili va adabiyoti: rus tili;
🔸Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
🔸 Tarix;
🔸Matematika;
🔸 Ijtimoiy ish.



📊 Qabul kvotalari:
☀️Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha — 525 ta;
🌙 Kechki ta’lim shakli bo‘yicha — 200 ta.

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Namangan davlat pedagogika instituti — kasbiy bilim va yangi imkoniyatlar sari muhim qadam!

BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi