📌Ayni paytda Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida respublika miqyosida o'tkazilayotgan "Yil o‘qituvchisi" tanlovining uchinchi bosqich sinovlari yuqori saviyada davom etmoqda.
Tanlovning ushbu bosqichida yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan ilg‘or va tajribali pedagoglar o‘zlarining kasbiy mahorati, zamonaviy pedagogik yondashuvlari hamda innovatsion tajribalarini namoyish etmoqda.
📌Mazkur nufuzli tanlovda Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A. Isoqboyev ham hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etmoqda.
Ushbu tanlov pedagoglarning kasbiy salohiyatini namoyon etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi muhim maydonlardan biri hisoblanadi.