info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

“Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan umuminstitut o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

05 август 2026 Yangiliklar 54 marta ko‘rilgan
“Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” 05 авг

Namangan davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan umuminstitut o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida tashkil etilgan seminarda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda o‘quv-yordamchi xodimlar ishtirok etdi.

 

Seminarda institut rektori, falsafa fanlari doktori, professor Bahodir Xusanov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, bayram tadbirlarini yuksak saviyada tashkil etish hamda bu borada institut jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalar haqida fikr bildirdi.

Institutning birinchi prorektori Alisher Isoqboyev Mustaqillik bayrami munosabati bilan institutda amalga oshiriladigan tizimli chora-tadbirlar dasturi, ma’naviy-ma’rifiy loyihalar hamda belgilangan vazifalarning ijrosini samarali tashkil etish masalalariga to‘xtaldi.

Shuningdek, Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti Zaxriddinbobir Xaydarov hamda kafedra mudiri Sevara Botirova Mustaqillikning tarixiy ahamiyati, xalqimiz erishgan yutuqlar, milliy birlik, tinchlik va taraqqiyotning bebaho qadri haqida ma’ruzalar qildi.

Institut kasaba uyushma qo‘mitasi kengashi raisi Elmurod Tajiboyev bayram arafasida viloyat va tumanlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nuroniylar hamda professor-o‘qituvchilar holidan xabar olish, ularni Mustaqillik bayrami bilan qutlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Masturaxon Nabixonova esa Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yoshlar o‘rtasida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, vatanparvarlik ruhidagi loyihalar va fleshmoblarni mazmunli hamda yuqori saviyada o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.



Seminar davomida Mustaqillik bayramini munosib kutib olish, institut hududida ko‘tarinki bayramona muhit yaratish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!

BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing