info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

O‘zbekiston–Yaponiya ta’lim hamkorligiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Namangan davlat pedagogika institutida institut rektori Bahodir Xusanov, Namangan viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Bozorov, soha mutaxassislari hamda Yaponiyaning Moralogy Foundation tashkiloti mutaxassislari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

07 август 2026 Yangiliklar 12 marta ko‘rilgan

Uchrashuvda “Yaponiya ta’lim tajribasiga asoslangan ta’lim va axloqiy tarbiya hamkorligi” mavzusida fikr almashilib, Yaponiyaning ilg‘or ta’lim tajribalarini O‘zbekistonning milliy qadriyatlari, oila va mahalla an’analari bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida ta’lim va shaxs tarbiyasining uzviyligi, Tokkatsu orqali maktab hayotida tarbiya, axloqiy ta’lim metodologiyasi, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, maktab madaniyati va ta’lim muhiti hamda WorldClassroom orqali xalqaro almashinuv kabi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ilg‘or tajribalarni Namangan viloyatidagi 5–10 ta pilot maktabda bosqichma-bosqich sinovdan o‘tkazish, pedagoglar jamoasini shakllantirish, ta’lim va maktab muhitidagi o‘zgarishlarni baholash hamda muvaffaqiyatli tajribalarni keng ommalashtirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or xalqaro tajribalarni milliy qadriyatlarimiz bilan uyg‘unlashtirgan holda zamonaviy va barqaror ta’lim-tarbiya modelini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
 

S
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari matkazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing