info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Mustaqillikning 35 yilligi: Kelajak egalariga ulashilgan quvonch

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yurtimiz bo‘ylab ezgu tashabbuslar va xayrli ishlar davom etmoqda. Ayniqsa, kelajak egalari bo‘lgan bolajonlarga ko‘rsatilayotgan mehr va e’tibor Yangi O‘zbekistonning inson qadri ulug‘langan siyosatining yorqin ifodasidir.

12 август 2026 Yangiliklar 84 marta ko‘rilgan

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida yurtimiz bo‘ylab ezgu tashabbuslar va xayrli ishlar davom etmoqda. Ayniqsa, kelajak egalari bo‘lgan bolajonlarga ko‘rsatilayotgan mehr va e’tibor Yangi O‘zbekistonning inson qadri ulug‘langan siyosatining yorqin ifodasidir.

Shunday xayrli tashabbuslardan biri Chortoq tumanidagi 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etildi. Namangan davlat pedagogika instituti professori Xujamberdiyeva Shaxnoza Kupaysinovna hamda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori Madaminova Oydina Mahmudjon qizi tashabbusi bilan tarbiyalanuvchilarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularga bayramona quvonch ulashildi.

Bolajonlarning quvonchli nigohlari va samimiy tabassumi ushbu tashabbusning eng katta mukofoti bo‘ldi. Zero, yosh avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor — Vatanimizning porloq kelajagiga kiritilayotgan eng qimmatli sarmoyadir.

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va porloq kelajak sari birgalikda odimlaylik!

Maqolani ulashing
BAXTIYOR YULDASHEV
Maqola muallifi

BAXTIYOR YULDASHEV

Markaz boshlig'i · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing