Namangan davlat pedagogika instituti
Manba havolasi: https://namspi.uz/yangiliklar/740
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda
12 август 2026
Ayni vaqtda Namangan davlat pedagogika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga yakka tartibdagi suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizom talablari asosida tashkil etilgan.
Suhbat jarayonlari belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etilib, talabgorlarning bilim, salohiyat hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorgarligini aniqlashga qaratilgan.
Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan jarayonlarni bevosita ko‘zdan kechirdi.
Rektor suhbat o‘tkazilayotgan auditoriyalarda bo‘lib, jarayonlarning belgilangan tartib va mezonlar asosida, xolislik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya etilgan holda tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, suhbat jarayonlarida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan ham tegishli nazorat ishlari olib borilib, jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi ta’minlanmoqda.
Talabgorlar uchun yaratilgan sharoitlar, suhbat komissiyalari faoliyati hamda jarayonlarning tashkiliy jihatlari ham o‘rganildi