info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
News Sport tadbirlari

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" DOIRASIDA MINI FUTBOL BO‘YICHA INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI

Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning jismoniy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida mini futbol bo‘yicha fakultetlararo institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

19 October 2026 Sport tadbirlari 44 views

Musobaqada institutning turli fakultetlaridan ishtirok etgan talaba-yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, futbol bo‘yicha mahoratlari, jismoniy tayyorgarliklari va taktik imkoniyatlarini namoyish etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvlarda jamoalar g‘alaba uchun bor kuchlarini ishga solib, o‘zaro hamjihatlik, jamoaviylik, tezkorlik va qat’iyatlilik fazilatlarini namoyon etdilar. Har bir bahs ishtirokchilarning sportga bo‘lgan qiziqishi va g‘alabaga intilishini yaqqol ko‘rsatdi.

Musobaqa yakunida yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib e’tirof etildi. G‘olib jamoa keyingi bosqichda institut sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Murabbiy: Sh.Yigitaliyev va Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchisi B.Nodirov

 

Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter