Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1027
"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" DOIRASIDA MINI FUTBOL BO‘YICHA INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI
19 октябр 2026
Musobaqada institutning turli fakultetlaridan ishtirok etgan talaba-yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashib, futbol bo‘yicha mahoratlari, jismoniy tayyorgarliklari va taktik imkoniyatlarini namoyish etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvlarda jamoalar g‘alaba uchun bor kuchlarini ishga solib, o‘zaro hamjihatlik, jamoaviylik, tezkorlik va qat’iyatlilik fazilatlarini namoyon etdilar. Har bir bahs ishtirokchilarning sportga bo‘lgan qiziqishi va g‘alabaga intilishini yaqqol ko‘rsatdi.
Musobaqa yakunida yuqori natijalarni qayd etgan jamoalar aniqlanib, g‘olib va sovrindorlar munosib e’tirof etildi. G‘olib jamoa keyingi bosqichda institut sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Murabbiy: Sh.Yigitaliyev va Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchisi B.Nodirov