info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Madaniy-ma'rifiy tadbirlar

Yosh hunarmand” to‘garagi kasbiy mahorat sari muhim qadamdir

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Texnologik ta’lim  yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida “Yosh hunarmandlar” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot tikuvchilik yo‘nalishiga bag‘ishlanib, unda oshpazlar uchun maxsus xalat tikish jarayoni amaliy tarzda o‘rgatildi.

19 May 2026 Madaniy-ma'rifiy tadbirlar 72 views

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Texnologik ta’lim  yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida “Yosh hunarmandlar” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot tikuvchilik yo‘nalishiga bag‘ishlanib, unda oshpazlar uchun maxsus xalat tikish jarayoni amaliy tarzda o‘rgatildi.  




 

Mashg‘ulot davomida talabalarga  ayollar xalatining andazasini olish, matoni bichish, tikuv mashinalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda sifatli tikuv sir-asrorlari bo‘yicha tushunchalar berildi. Talabalar  xalatning yoqa, yeng va cho‘ntak qismlarini tikish bo‘yicha amaliy ishlarni bajardilar.
              Shuningdek, mashg‘ulotda sanitariya-gigiyena talablariga mos ish kiyimlarini tayyorlash, mato tanlash mezonlari hamda mahsulot sifatini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan ayollar xalatlari ko‘rib chiqilib, ularning dizayni, tikilish sifati va amaliy qulayligi tahlil qilindi. Mazkur to‘garak mashg‘uloti talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijodiy yondashuvini shakllantirish hamda kelajakdagi pedagogik va amaliy faoliyatlari uchun muhim tajriba vazifasini o‘tamoqda.

 


 

❮ ❯

Share this article
SAIDABBOS SAIDAKBAROV
Maqola muallifi

SAIDABBOS SAIDAKBAROV

Muhandis dasturchi · Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter