Namangan State Pedagogical Institute
Source: https://namspi.uz/en/394
Institutda tyutorlar faoliyati samaradorligi (KPI)ni baholash raqamlashtirildi
18 February 2026
Namangan davlat pedagogika instititutida faoliyat olib borayotgan tyutorlarning faoliyatini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha seminar tashkil qilindi.
Seminarda so‘zga chiqqan Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo'yicha rektor maslahatchisi M.Xodjayev institutda umumiy tizimlar raqamlashtirishining bugungi kundagi ahamiyati hamda mohiyati xususida to'xtalib o'tdilar. Shuningdek, seminar davomida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori B.Yuldashev tomonidan
dc.namspi.uz platformasidan foydalanish tartiblari, unda tyutorlar faoliyatining baholanishi bo'yicha zaruriy ma'lumotlar batafsil berib o'tildi.
❮ ❯