info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Meetings

IJARA XONADONLARIDA YASHOVCHI TALABALARNING YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILADI

Namangan davlat pedagogika institutida talabalar bilan bog‘liq masalalarni tizimli o‘rganish, ularning yashash sharoitlarini nazorat qilish hamda xavfsiz va qulay muhitni ta’minlash maqsadida birinchi prorektor A.Isoqboyev boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.

03 October 2026 Meetings 79 views

Yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Nabijonov, bo‘lim xodimlari, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar bilan ishlashni yanada takomillashtirish, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi hamda boshqa zarur shart-sharoitlarni monitoring qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ullarga ijara xonadonlarida yashovchi talabalar ro‘yxatini shakllantirish, xonadonlardagi sharoitlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish jarayonida ularning murojaat va takliflariga ham alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha ishlar tashkil etiladi.

Source: https://t.me/namspii

Share this article
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Found an error? Select the text and press Ctrl + Enter