Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1007
Bitiruvchilar bandligi va tadbirkorlik tashabbuslari uchun yangi imkoniyatlar
16 октябр 2026
Ko‘rgazma davomida institut vakillari tashkilot va korxonalar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, kasbga yo‘naltirish xizmatlari hamda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bilan tanishdilar.
100 dan ortiq tashkilot va korxona qatnashgan ko‘rgazma bitiruvchilar uchun ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, mehnat bozoridagi talablarni o‘rganish va kasbiy faoliyatini rejalashtirish imkonini yaratdi.
Shuningdek, o‘z biznesini boshlash istagidagi yoshlarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga doir taklif va xizmatlar taqdim etildi.