Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1008
“Kelajak tadbirkorlari” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
16 октябр 2026
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkorlari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari A. Sayfitdinov va J. Muxitdinova ishtirok etib, Texnologik ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalarining faol qatnashishlarini ta’minladilar.
Tadbir davomida bitiruvchi yoshlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, biznes-reja tuzish va muvaffaqiyatli biznes yuritish bo‘yicha foydali taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, korxona va tashkilotlar vakillari tomonidan tayyorlangan innovatsion loyihalar, qo‘l mehnati mahsulotlari hamda istiqbolli tadbirkorlik g‘oyalari namoyish etildi.
Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari tajribali tadbirkorlar va soha vakillari bilan bevosita muloqot qilib, o‘z loyihalarini amaliyotga tatbiq etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kelajakdagi bandlik imkoniyatlari yuzasidan qimmatli tavsiyalar oldilar. Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarning tashabbus va loyihalariga metodik yordam ham ko‘rsatildi.
“Kelajak tadbirkorlari” tadbiri bitiruvchi kurs talabalarining tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir yakunida faol va tashabbuskor ishtirokchilar e’tirof etildi.