Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1022
"4+2" amaliyoti: bo‘lajak pedagoglar amaliyotda
19 октябр 2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni hamda 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 3–4-bosqich talabalari uchun "4+2" tizimi asosida o‘qish va amaliyot jarayoni tashkil etilgan.
Mazkur tizim asosida Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich BTS-DU-24-guruh talabalari joriy yilning sentabr oyidan Namangan shahridagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyot o‘tamoqda.
Amaliyot rahbari M.Y. To‘raboyeva maktabga tashrif buyurib, talabalarning faoliyati bilan tanishdi hamda pedagogik amaliyotning tashkil etilishi va borishini kuzatdi. Shuningdek, maktab direktori O‘. Mirzayeva bilan uchrashib, oliy ta’lim muassasasi va maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim jarayonidagi uzviylikni ta’minlash hamda bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
"4+2" tizimi asosida tashkil etilayotgan amaliyot bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, dars o‘tish ko‘nikmalarini rivojlantirish va kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarning kelgusidagi pedagogik faoliyatga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qiladi.