info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Ibodova Dilsora Ibodovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Baymuratov Sharapatdin Jetkerbayevichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Yusupova Dildora Uktamovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Xasanova Shahnozaxon Boxodirjon qizining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Ro‘ziyeva Mohichehra Yoqubovnaning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Salomova Zarina Murodovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Fayzullayeva Iqboloy G‘ayrat qizining falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Tursunova Muzayyam Olimovna tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Qaraxonova Sarvinoz Alisherovnaning tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Ramazanova Zarina Faritovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Kurbanov G‘ayrat Imamaliyevichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Amirjanova Dildora Zarifboy qizining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLAR — BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY MAHORATINI RIVOJLANTIRISH MUHITI

Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi Shaxnoza Abdukarimova tashabbusi bilan sirtqi ta’lim shaklining 5-kurs AR-22 guruhi talabalari ishtirokida 3-nashrdagi «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturi asosida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

20 октябр 2026 Yangiliklar 13 marta ko‘rilgan

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlar bolalarning qiziqishlari, ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga xizmat qiladigan muhim ta’limiy muhit hisoblanadi. Ushbu markazlarda bolalarning mustaqil faoliyati, o‘yin orqali o‘rganishi, izlanishi, tajriba o‘tkazishi, muloqot qilishi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishi uchun sharoit yaratiladi.

Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar markazlar faoliyatini rejalashtirishda bolalarning yosh xususiyatlari, bilish ehtiyojlari va mustaqil faolligini hisobga olish muhimligini amaliy misollar orqali namoyish etdilar.

Talabalar ishtirokida tashkil etilgan ochiq dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar va ijodiy topshiriqlar asosida olib borildi. Dars jarayonida talabalarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kreativ yondashuvlarini namoyon etish hamda ta’lim markazlaridagi faoliyatni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Talabalar har bir markazdagi topshiriqlarni bajarishda mustaqil fikr yuritib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalandilar. Ayniqsa, markazlardagi materiallarni maqsadli tanlash, didaktik vositalardan samarali foydalanish, faoliyatni bosqichma-bosqich rejalashtirish va pedagogik vaziyatlarga ijodiy yondashish jarayonida talabalarning kasbiy mahorati yaqqol ko‘zga tashlandi.

Turli xil didaktik materiallar, ko‘rgazmali vositalar va innovatsion usullardan foydalanish orqali talabalar o‘zlarining kreativ qobiliyatlarini namoyon etdilar. Shuningdek, ularning jamoada ishlash madaniyati, o‘zaro fikr almashish, bir-birlarining g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va umumiy qarorga kelish ko‘nikmalari ham e’tiborga molik bo‘ldi.

Talabalar nafaqat topshiriqlarni bajarish, balki o‘z g‘oyalarini asoslash, yangi yechimlar taklif etish va faoliyat natijalarini tahlil qilishda ham faol ishtirok etdilar. Bunday mashg‘ulotlar bo‘lajak pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ularda ijodkorlik va tashabbuskorlikni shakllantirish hamda zamonaviy ta’lim jarayonini samarali tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rivojlantiruvchi markazlar bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun muhim imkoniyat yaratishi bilan birga, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega. Zero, zamonaviy pedagogning mahorati uning bilim berish qobiliyatigina emas, balki mustaqil fikrlaydigan, izlanadigan, ijod qiladigan va o‘z imkoniyatlarini namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalash uchun sharoit yarata olishi bilan ham belgilanadi.

Manbaa: https://t.me/namspi.uz

Maqolani ulashing
OZODA TURSUNBOYEVA
Maqola muallifi

OZODA TURSUNBOYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing