info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Malakaviy amaliyot: bo‘lajak mutaxassislar amaliyot jarayonida

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetining Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi TM-25-guruh talabalari kasbiy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Namangan shahridagi “Park Apart Hotel”, “Ali Hotel” va “Oydin Plaza” mehmonxonalarida malakaviy amaliyot o‘tamoqdalar.

20 октябр 2026 Yangiliklar 7 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakultetining Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi TM-25-guruh talabalari kasbiy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Namangan shahridagi “Park Apart Hotel”, “Ali Hotel” va “Oydin Plaza” mehmonxonalarida malakaviy amaliyot o‘tamoqdalar.

Amaliyot davomida talabalar mehmonxonalarning faoliyati, xizmat ko‘rsatish jarayonlari va sohaning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Shuningdek, “Park Apart Hotel” mehmonxonasi asoschisi Muyasar Zokirova hamda institut o‘qituvchisi Mushtariy Nazarova tomonidan talabalarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida mehmonxona faoliyatini samarali tashkil etish, mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish va kasbiy mahoratni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur malakaviy amaliyot bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, sohaga oid tajribalarini boyitish hamda kelajakdagi faoliyatlari uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
SHAXZODA IBRAGIMOVA
Maqola muallifi

SHAXZODA IBRAGIMOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing