Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1078
TALABALAR SULTON UWAYS QARONIY ZIYORATGOHIGA TASHRIF BUYURISHDI
22 октябр 2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-sonli “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi O‘RQ-549-sonli “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti talabalari uchun ziyorat sayohati tashkil etildi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish hamda tarixiy-madaniy merosimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.
2026-yil 22-oktabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Fizika ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich FIZ-AU-25 hamda FIZ-BU-25-guruh talabalari Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar ziyoratgoh bilan yaqindan tanishib, yurtimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi haqida tasavvurlarini yanada boyitdilar.
Mazkur sayohatda fakultet tyutori S. Alixonov hamda professor-o‘qituvchilar D. Alijonov, Sh. Inayatov, D. Yusupov, A. Saydaliyev va D. O‘rinboyevlar ishtirok etdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar yosh avlodning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va mamlakatimizning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishishida muhim ahamiyat kasb etadi.