info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

TALABA-QIZLAR BILAN YAŞAŞ QOIDALARI, OZODALIK VA MA’NAVIY MUHIT YUZAŞIDAN SUHBAT ÖTKAZILDI

Namangan davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyiga Ijtimoiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari böyicha dekan maslahatchisi Muazzam Payzibayeva tashrif buyurdi.

27 октябр 2026 Yangiliklar 8 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyiga Ijtimoiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari böyicha dekan maslahatchisi Muazzam Payzibayeva tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talaba-qizlar bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularga talabalar turar joyida yashash qoidalariga rioya qilish, xonalarni ozoda va tartibli saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish hamda umumiy foydalanish joylarining tozaligini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, talaba-qizlarga özaro hurmat, ahillik va hamjihatlikni mustahkamlash, odob-axloq me’yorlariga rioya etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, kitobxonlik va foydali mashğulotlarga keng e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Suhbat davomida talaba-qizlarning yashash sharoitlari, ularni qiynayotgan masalalar va takliflari ham tinglandi. Bunday uchrashuvlar talaba-qizlar uchun soğlom ma’naviy muhit yaratish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda talabalar turar joyida namunali tartib-intizomni ta’minlashga xizmat qiladi.
 

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
SHAXZODA IBRAGIMOVA
Maqola muallifi

SHAXZODA IBRAGIMOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing