info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Talaba hayoti Talabalar turar joyi faoliyati

TALABALAR TURAR JOYIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI

Suhbat davomida talabalarga xonadoshlar bilan o‘zaro hurmat, ahillik va hamjihatlikda yashash, bir-birining fikri, shaxsiy hududi va manfaatlarini hurmat qilish, turli kelishmovchilik hamda nizoli vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.

04 ноябр 2026 Talabalar turar joyi faoliyati 7 marta ko‘rilgan


Shuningdek, xonadoshlar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarni janjal va tortishuvlar orqali emas, balki o‘zaro muloqot, sabr-toqat va murosaga kelish orqali hal etish lozimligi ta’kidlandi. Har bir talaba o‘zining xulq-atvori, muomala madaniyati va boshqalarga bo‘lgan munosabati bilan sog‘lom muhitni shakllantirishga hissa qo‘shishi zarurligi tushuntirildi.

Suhbatda talabalar turar joyidagi xonalarni ozoda va tartibli saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, yotoq joylari, kiyim-kechak va o‘quv qurollarini saranjom tutish, umumiy foydalanishdagi jihozlarni asrab-avaylash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xonalarni muntazam shamollatish, tozalik ishlarini hamjihatlikda bajarish, navbatchilik tartibiga amal qilish hamda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, tungi osoyishtalikni saqlash, mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida tayyorlanish, kun tartibiga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga amal qilishning ahamiyati qayd etildi.

Suhbat yakunida talaba-qizlarni o‘zaro mehr-oqibatli, intizomli, mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lishga, Talabalar turar joyida tinchlik, ozodalik va do‘stona muhitni saqlashga chaqirildi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing