info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar

Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Ustoz siymosi — ijodkor nigohida” mavzusidagi ko‘rgazma talabalar ishtirokidagi amaliy ijodiy jarayonlar bilan davom etdi.

Yoshlar tayyor ishlarini namoyish etish bilan birga, tadbir davomida ham rasmlar chizib, naqshlar ishlab, yangi ijod namunalarini yaratdilar.

09 ноябр 2026 Yangiliklar 10 marta ko‘rilgan

Institut hovlisida kechgan ushbu jarayonda Art pedagogika kafedrasi talabalari dars mashg‘ulotlarida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etdilar. Tasvir yaratish, rang tanlash, kompozitsiya tuzish hamda naqsh elementlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish borasidagi mahoratlarini ishga solib, o‘z g‘oyalariga badiiy shakl berdilar.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar asarning yaratilish bosqichlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar. Dastlabki chizgilar, shakllarning aniqlashib borishi, ranglar bilan ishlash va yakuniy bezak berish jarayonlari har bir ijod mahsuli ortida diqqat, sabr va mehnat turishini namoyon etdi.

Talabalarning rasm chizish va naqsh solish jarayonidagi ishtiroki tadbirga yanada jonli ruh bag‘ishladi. Har bir ishtirokchi o‘z tasavvuri, badiiy qarashi va ijodiy yondashuvini ifodalashga intildi. Natijada ko‘rgazma davomida talabalar mehnati bilan yana yangi ijod mahsullari yuzaga keldi.

Mazkur amaliy faoliyat yoshlarning mustaqil ishlashi, o‘z mahoratini sinab ko‘rishi va ijodiy tajribasini boyitishiga xizmat qildi. Shuningdek, talabalar ijodini jamoatchilikka tanishtirish, ularning mehnatini qadrlash va san’atga qiziqishini yanada mustahkamlash uchun imkoniyat yaratdi.

Shu tariqa, “Ustoz siymosi — ijodkor nigohida” ko‘rgazmasi dars jarayonlarida tayyorlangan ishlar namoyishi bilan birga, yangi asarlar yaratilgan ijodiy maydonga aylandi. Unda namoyish etilgan ishlanmalar ham, tadbir davomida yaratilgan rasmlar va naqshlar ham talabalarning bilimi, izlanishi va amaliy mehnati samarasi bo‘ldi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA
Maqola muallifi

MOHIZAR ABDUG‘ANIYEVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing